2014-12-01

Ushbu spravochnikda paxtaning, undan olinadigan tola, chigit, momiq va boshqa tolali mahsulotlarning texnik-fizik xususiyatlari, paxtani qabul qilish, saqlash va tashish, quritish, tozalash hamda qayta ishlash jarayonlaridagi o’zgarishlar, og’ir qo’l mehnatining mexanizatsiyalash-tirilishi, korxonadagi tsexlararo mahsulotlarning aylanishi, toylanib, tortilib maydonchalarga taxlanishi, korxona hududidagi va hududidan tashqaridagi paxta tayyorlash punktlariga paxtani tashib keltirish, g’aramlash va qayta ishlashga tayyorlash, quritish, tozalash, urug’lik paxtani qayta ishlab, undan olinadigan urug’lik chigitlarni saralash, kalibrlash hamda kerakli ximikatlar bilan qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi dorilab, qoplash bo’yicha ishlarni o’rnatilgan davlat standartlariga mos ravishda amalga oshirishda qo’llaniladigan va yangidan joriy etilgan texnika-texnologiyalar, elektrpriborlar, qurilmalar, asbob-uskunalar, ekologik mutanosiblikka muvofiqlashtirilgan  materiallar haqida atroflicha ma’lumotlar keltirilgan.

Spravochnik paxta tozalash sanoati korxonalari va tayyorlash punktlari, ilmiy muassasalar mutaxassislari, injener-texnik   va ilmiy xodimlariga, o’rta va oliy ta’lim tizimidagi talabalarga hamda malaka oshirish bo’limlarida foydalanishga mo’ljallangan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *